jet
logo menu
Komandamizning muhim
videomurojaati
Yigʻib bo‘lindi:
1257000 so'm.
90000000 so'm.
Vaqt qoldi:
1 kun
1 oy
Dastavval, komikslar haqida
batman

Komikslar bizga g‘arb kinolaridagi oʻquvchilar o‘qishayotgan, ba’zan oʻzlari yaratayotgan epizodlardan tanish. Ular asosida farzandlarimizni ilhomlantiruvchi - dunyoni qutqaruvchi superqahramonli sevimli kinolarimiz yaratilgan.

spiderman

Badiiy adabiyot kabi komikslarning ham asosiy vazifasi kitobxonda his-tuyg‘ular uygotishdir. Lekin badiiy adabiyotdan farqli oʻlaroq kitobxon nafaqat hikoyani o‘qiydi, balki, kartinani koʻradi, tomosha qiladi ham! Komiks o‘qish jarayonida biz faqat mutolaadan emas, balki, tasvirdan ham zavqlanamiz. Bu oʻziga xos mavzuli galereya, bu yerda har birimiz oʻzimizga kerak bo‘lgan miqdorda estetik zavq olamiz.

San’atning ushbu zamonaviy turi juda demokratik boʻlib, u nafaqat ko‘ngil ochar xarakterga ega, balki uning tarbiyaviy ahamiyati ham kattadir.

Loyiha haqida

Hammasi, nega Oʻzbekistonda o‘zimizning komikslarimiz yoʻq, degan savoldan boshlandi. AQShda shiddat bilan rivojlanayotgan va oxirgi vaqtlarda superqahramonli franshizalar Hollivud tomonidan ekranlashtirilgandan keyin ayniqsa yanada mashhur bo‘lgan san’atning ushbu tiri bizning mamlakatimizda shunchaki mavjud emas.(Toshkentda oʻz komikslarini yarishga urinishlar bo‘lganligini koʻpchilik bilmasa kerak. 1990-yillarda “Kosmik detektiv” va “Evrilish telbaligi” nomli bir martalik nashrlar bo‘lgan edi. Bu esa sovet davri uchun hatto juda ham zo‘r sanalgan. Lekin afsus, hammasi kichik tirajlar bilan kifoyalanib qoldi.

Respublikamiz yosh avlodi(bolalar va oʻsmirlari) komiks motivlari asosida suratga olingan multfilm va filmlarni sevib tomosha qilishadi. Ular dunyoni yovuzlar va tabiiy ofatlardan qutqaruvchi superqahramonlardan zavqlanishadi, ularga havas qilishadi.

chicken

Bolalar kitob mutolaasidan ko‘ra chet el superqahramonlari ishtirok etgan filmlar tomoshasini afzal koʻrishadi. Ular o‘rtasida mutolaa borgan sari kamayib bormoqda. Biz esa, albatta, bu holatga norozilik bildirmoqdamiz. Ularga turli adabiyotlar taklif qilamiz, biroq baribir muammo yechimsiz qolmoqda.

Balki, ularga ular oʻqishni xohlagan adabiyotni berish vaqti kelgandir? Biz farzandlarimizdan, jiyanlarimizdan so‘radik, bolalar sinfdoshlaridan soʻrashdi. Haqiqatda, biz har doim ham ularga ular xohlaganini beravermaymiz. Bolalarda orzular to‘la katta qalb bor! Ularning hammasi qahramon! Buyuk jasoratlarga tayyor qahramonlar! Ularni siyqasi chiqqan hikoyalar bilan qiziqtira olmaymiz. Ular yangi va qiziqarli narsalarni kutishmoqda, xuddi o‘zimiz singari.

Shu jumladan, qahramonlarda oʻzlarini, o‘z orzularini, tengdoshlari va doʻstlarini ko‘ra oladigan adabiyotlarni kutishmoqda.

Ushbu muammoga yechim topish hamda ushbu ishga oʻz hissamizni qo‘shish maqsadida milliy superqahramonlar ishtirok etadigan komiks yaratish gʻoyasi tug‘ildi. Bu bilan biz nafaqat oʻsib kelayotgan avlodning kitobxonlik darajasini ko‘taramiz, balki ularda tasviriy sanʻatga bo‘lgan muhabbatni ham kuchaytiramiz. Frantsiyada grafik romanlar(komikslarning bir formati)sanʻatning 9-turi hisoblanadi va davlat miqyosida qo‘llab-quvvatlanadi.

Shunday qilib, yaqin kunlarda yangi qahramonlarni kutib qoling!

Bizning qahramonlar

Qahramonlar oʻzimizning o‘quvchilar kabi maktabda oʻqishadi, futbol o‘ynashni yaxshi koʻrishadi. Yaqin kelajakda yashashlariga qaramay, ular bizning bolalarga juda o‘xshashadi, ularda har bir bolakay oʻzini ko‘rishi mumkin. Judayam jasur, aqlli va muhtojlarga doim qayerda va qay vaqtda boʻlmasin yordam qo‘lini choʻzadigan ikki aka-uka – bizning qahramonlarimiz!

brothers

Mardon – aqlli, mulohazali,ehtiyotkor, mehribon, yaxshi do‘st. A’lochi, asrtonomiya, kimyo fanlarini yaxshi ko‘radi, doim ustozlariga quloq soladi.

Shahzod – jasur, ta’sirchan, adolatli. Zehni oʻtkir, ijodkor, har doim har qanday vaziyatdan chiqib keta oladi.

Mardon va Shahzod otalari ishlaydigan ilmiy-tekshirish institut laboratoriyasida saqlanadigan o‘zga sayyoraga tegishli kristall orqali superqudratga ega boʻlishadi.

Ular kitobxonlarni ezgu ishlarga undashadi, bunda namuna bo‘lib xizmat qilishadi. Kitobxon qahramonlardan mamlakatimizda yuz berajak yangi jasoratlarni kutib qoladi.

Bizning komanda
Comics.uz – mamlakatimizdagi superqahramonlar bilan boʻlgan vaziyatni to‘gʻrilashni maqsad qilgan yosh ijodkorlar guruhi.
avatar
Bekzod Mirzaxolov
Rassom
avatar
Yekaterina Salyaxova
Rang beruvchi rassom
avatar
Kamola Achilova
Loyiha menejeri
avatar
Viktor Yershov
Senariy muallifi
avatar
Stepan Yevdokimov
Art-direktor, bosh rassom
avatar
Shoxruh Nizamutdinov
G‘oya muallifi va muassis
avatar
Javlon Mirzaaxmedov
Muassis
Buning uchun nima qilish kerak?
1-2 qismlar deyarli tayyor, faqat 5000 ekzemplyarli tirajni chop etish hamda senariy muallifi va rassomlar, tarjimonlar xizmatlari uchun mablagʻ yig‘sh qoldi, xolos. Buning uchun bizga 90 000 000 soʻm kerak bo‘ladi.
Jurnalning birinchi soni
Jurnalning birinchi soni
25000.00
Futbolka
Futbolka
100000.00
Toplam: Futbolka va beysbol kepkasi
Toplam: Futbolka va beysbol kepkasi
150000.00
Beysbol kepkasi
Beysbol kepkasi
80000.00
Ruchka
Ruchka
15000.00
Stiker Mardon va Shahzod
Stiker Mardon va Shahzod
5000.00
Stiker Neon
Stiker Neon
5000.00
Stiker Red
Stiker Red
5000.00
Stikerlar to'plami
Stikerlar to'plami
5000.00
Stiker Kristall
Stiker Kristall
1000.00
Homiy ismi va yuzi aks etgan qahramon
Homiy ismi va yuzi aks etgan qahramon
1000000.00
sun comet planet-small planet-large planet-double rocks-medium rocks-small-1 rocks-small-2 rocks-large
Здравствуйте
Задайте вопрос или поделитесь обратнои связью в этом чате
+998 97 729 82 10